Yunusobod Galleryda Yangi yil oqshomi — estrada yulduzlari bilan unutilmas onlar

30.12.2025 / 46

Ayni paytda Yunusobod tumani hokimligi hamda tuman Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda Yunusobod Gallery savdo va ko‘ngilochar majmuasida Yangi yil oqshomi o‘tkazilmoqda. Musiqiy kechada yurtimiz estradasining sevimli yulduzlari ishtirok etmoqda.

Sahnada Sanjay, Ulug‘bek Raxmatullayev, Ulug‘bek Xoliqov, Islom Farmonov, Farrux Komilov, Laylo, Elyor Meliboyev, Sunnatilla Do‘stov, Mo‘jiza raqs guruhi o‘zlarining eng mashhur,xit qo‘shiqlarini kuylab, tomoshabinlarga cheksiz zavq va yuqori kayfiyat ulashmoqda.
Yangi yil oqshomida zamonaviy ovoz uskunalari, yorug‘ sahna bezaklari va jonli ijro uyg‘unligi bayramni haqiqiy san’at va quvonch kechasiga aylantirdi.

Yunusobod Galleryda tashkil etilgan ushbu bayram dasturi aholiga uchun unutilmas taassurotlar ulashib, Yangi yil arafasida barchaga yaxshi kayfiyat va ezgu orzular bag‘ishlamoqda.

Powered by GSpeech