“Yunusobod business city” direksiyasi DUK faoliyati tug‘risida RASMIY MUNOSABAT

21.11.2024 / 280

  Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani Otchopar-2 mahallasi aholisi tomonidan bildirilgan tanqidiy murojaat buyicha video lavhalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
“Toshkent shahar hokimligi xuzuridagi “Yunusobod business city” Direksiyasi” DUK (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 2-avgustdagi “Respublika hududlarida «business city» zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3895-sonli qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning
2-noyabrdagi 19677-xx-sonli bayoniga hamda Toshkent shahar hokimining 2018 yil 3 dekabrdagi №1740-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar va Chinobod ko‘chalari kesishuvi, “Otchopar-2” mahallasida joylashgan hududda tashkil etilgan.
  Toshkent shahar hokimining 2019 yil 27 avgustdagi №01-B-117-sonli bayoniga asosan investisiya loyihasini amalga oshirish uchun jami 44,4 ga yer maydoni investisiya kiritish uchun ajratib berilgan.
“Yunusobod business city” loyihasi bo‘yicha ajratib berilgan umumiy yer maydonining 17,8 ga - umumiy foydalanishdagi avtomobil va piyodalar yo‘laklari, yashil hududlarni qurish va obodonlashtirish ishlari Direksiya tomonidan amalga oshirishilishi belgilangan, qolgan 26,6 ga maydoni lotlarga ajratilgan bo‘lib, 19,8 ga chet el hamda mahalliy investorlarga investisiya kiritish sharti bilan Direksiya hamda investorlar o‘rtasida investisiya shartnomalari imzolangan, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong “ST Wonderful international group limited” kompaniyasi, Janubiy Koreya “Ist Telekom” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasi hamda 9 ta mahalliy investorlar tomonidan 19,8 ga yer maydoni ajratilgan.
  Shuningdek, Direksiya zimmasiga shartnoma shartlariga ko‘ra investor mablag‘laridan hududda joylashgan turar va noturar ob’yektlar egalariga kompensatsiya berish, hududni investorlarga tozalab tayyorlab berish, yo‘l-transport va muhandislik infratuzilma barpo etish majburiyatlari yuklangan.
  “Yunusobod business city” qurilishi belgilangan hudud maydoni 44,4 ga bo‘lib, hududda buzilishi lozim bo‘lgan 21 ta noturar ob’yektlar va
220 ta yakka tartibdagi uy-joylardan: 18 ta noturar ob’yektlar va 144 ta yakka tartibdagi uy-joy mulkdorlariga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan investisiya shartnomasiga asosan investordan kelib tushgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya berilgan va hozirgi kunda kompensatsiya mablag‘lari to‘lanmagan 3 noturar ob’yekt 76 yakka tartibdagi uy-joy mavjud.
Shu jumladan, mazkur hududdagi qolgan mulkdorlar bilan kompensatsiya berish hamda ko‘chirish masalasida muzorkaralar olib borilmoqda. Direksiya va mulkdorlarning o‘rtasida muzokaralarga erilishmagan taqdirda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda nizo sud organlari orqali hal etilishini ma’lum qilamiz.

Powered by GSpeech