"Yunusobod" bozori to‘liq qayta quriladi

17.12.2024 / 579

Yunusobod tuman hokimligida "Yunusobod" bozorini to‘liq qayta qurish masalasiga bag‘ishlangan maxsus uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yunusobod tuman hokimligi mas’ullari, Munitsipial aktivlarni boshqarish markazi rahbari, "Tashkent Invest" kompaniyasi vakillari, loyihachilar, bozor ma’muriyati va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida:
Bozorni qayta qurish loyihasi bo‘yicha tadbirkorlarga batafsil ma’lumot berildi.
Yangi yaratiladigan imkoniyatlar tanishtirildi.
Tadbirkorlarning taklif va istaklari tinglandi.
E'tiborli jihati shundaki, rekonstruksiya ishlari davomida bozor o'z faoliyatini to'xtatmaydi. Aksincha, bozor hududidagi qulayroq maydonda savdo-sotiq faoliyati davom etishi uchun sharoit yaratiladi.

Turk-singapur mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, qayta qurish natijasida:
- Samarali savdo maydoni 5 barobar ko'payadi;
- 1100 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh bunyod etiladi;
- Kafe va yozgi terassalar quriladi;
- Savdo o‘rinlari soni 2000 taga yetkaziladi;
- 4000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
- Iqlimiy xususiyatlarimizni hisobga olgan holda, bozor qishda ham, yozda ham vaqtni qulay o‘tkazish uchun butunlay ochiq bo‘ladi.

Mazkur loyiha Yunusobod tumani tadbirkorlari va aholisi uchun katta imkoniyatlar yaratib, zamonaviy savdo infratuzilmasini shakllantiradi.

Powered by GSpeech