"Yozgi kasblar markazi" ish boshladi!
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yozgi ta’tilni mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida "Yozgi kasblar markazi" o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu markazda o‘quvchi-yoshlar 3 oy davomida turli kasb-hunar yo‘nalishlarida mutlaqo bepul bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.urs yo‘nalishlari va mashg‘ulot kunlari:
Ayollar sartaroshligi – dushanba, juma ( 09:00-10:30; 10:40-12:10)
Fotomuxarrirlik – chorshanba, juma (09:00-10:30; 10:40-12:10)
Avtodeteyling – seshanba,payshanba (09:00-10:30; 10:40-12:10)
Tikuvchilik – seshanba, payshanba (09:00-10:30; 10:40-12:10)
Sotuvchi - konsultant dushanba, chorshanba (09:00-10:30; 10:40-12:10)
IT mutahassis – dushanba,chorshanba (09:00-10:30; 10:40-12:10)
Kassir dushanba, chorshanba (09:00-10:30; 10:40-12:10)
Mashg‘ulotlar 2025-yil 20-iyundan boshlanadi.
Ishtirokchilar: Yunusobod tumanidagi umumta’lim maktablarining 7–10-sinf o‘quvchilari.
Fursatni boy bermang! Yozgi ta’tilingizni foydali kasblar bilan boyiting!
"Yozgi kasblar markazi" – Kelajak kasbingiz shu yerdan boshlanadi!
O'zbekcha
Русский
English