YOSHLARDA TADBIRKORLIK KO‘NIKMALAR OSHIRILMOQDA
Yunusobod tumani hokimligi tomonidan mahallalarda o‘quvchi yoshlarda tadbirkorlikka ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan 1-sektor hududidagi Astrobod MFY raisi G.Ataxanova hamda yoshlar yetakchisi Sh.Oripov va hududagi 86-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bittiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.
Mahallada joylashgan "Kalibri" o‘quv markazi asoschisi U.Ortiqov, mashg‘ulotlarni olib bordi. Tadbir davomida yoshlarga shaxsiy brendni shakllantirish, biznes boshlashdagi qiyinchiliklar va ulardan muvaffaqiyatli o‘tish yo‘llari haqida ma’lumotlar berildi.
U.Ortiqov o‘z hayotiy tajribasi va biznesdagi muvaffaqiyati bilan yoshlarga motivatsiya berib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda zarur bo‘lgan maslahatlarini berdi.
Uchrashuv nafaqat bilim almashish, balki kelajakda mahalladan yangi tadbirkorlar va liderlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.
O'zbekcha
Русский
English