YOSHLАR YETАKCHISI FАOLIYATIDАN

26.09.2024 / 231

Yunusobod tumanidagi mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar yetakchilari har jabhada faollik ko‘rsatmoqda. Masalan, “Minor” MFY yoshlar yetakchisi Umida Аzimova mahallada istiqomat qilayotgan yoshlar bilan doimo aloqa o‘rnatib, taʼlim jarayonlarida o‘quvchilarning qiziqishlari, kelajakdagi orzu maqsadlarini o‘rganib bormoqda.

 U Prezidentimizning 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-92-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida yoshlar o‘rtasida monitorning olib bormoqda. Xususan, "Minor" mahallasi hududida joylashgan 9-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning darslarda qatnashish holatini o‘rgandi.

 

O‘rganishlar chog‘ida har bir sinfga kirib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot qildi. Darsdan muntazzam ishtirok etib, fanlarni yaxshi o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar motivatsiya berildi. Yoshlar yetakchisi Umida Аzimova, darslarni sababsiz qoldirayotgan oʼquvchilar bilan alohida ishlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab oldi. O‘quvchilarning xonadoniga "Ogohlantirish xati" yuborilib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila aʼzolarining masʼuliyatini oshirish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

Powered by GSpeech