YOSHLAR YЕTAKCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

12.12.2024 / 251

  Toshkent shahar Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i Bobur Mirzayev, Yunusabod tumani yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqat o‘tkazdi.Unda tumandagi barcha mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

  Muloqotda yoshlar bilan ishlashdagi vazifalarini hamda yetakchilik qobiliyatini shakllantirishda nimalarga ko‘proq e’tibor berishi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, muammolarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar batafsil muhokama qilindi.

  B.Mirzayev,  “yoshlar daftari” va yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini ta’minlash, mahalladagi har bir yoshlar bilan manzilli ishlab, ularni muammolarini hal qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, “Beshta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni sifatli bajarish masalalari haqida so‘z yuritildi.

  Ochiq, o‘zaro fikr almashish asnosida yetakchilik va boshqaruv qobiliyati, yoshlarning ma’naviy yuksalishida yoshlar yetakchilarining o‘rni, vaqtdan unumli foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech