YOSHLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQA O‘TKAZILDI

08.08.2024 / 265

Bugungi kunda harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar va turli sport musobaqalari ertamiz egalarini yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yunusobod tumanidagi 1-sonli sport maktabida “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” shiori ostida Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, mahalla yettiligi bilan birgalikda tumandagi otaliqqa olingan hamda uyushmagan yoshlar o‘rtasida majmuaviy musobaqaning birinchi Yunusabod (tuman) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchilar harbiy-amaliy sportdagi qobilyatlarini sinovdan o‘tkazish uchun “Harbiylashtirilgan sport estafetasi”, “Arqon tortish” va “Zakovat” shartlari bo‘yicha do‘stona bellashuvga kirishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra

1-o‘rin “Astrabod” mahallasi (Qalqon jamoasi)

2-o‘rin “Yo‘l ariq” mahallasi (Temurbek jamoasi)

3-o‘rinni “Uch qahramon” mahallasi (Yoshlar jamoasi) egalladi.

G‘olib jamolar diplom, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bunday o‘tkaziladigan tadbirlar yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Powered by GSpeech