“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurash”
Joriy yilning 8-oktabr kuni Tashkent International Universityda Toshkent shahar IIBB hamda Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurash” tezkor profilaktik tadbirlar doirasida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir, davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda universitet rahbari I.B.Yuldashev, Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimi podpolkovnik B.Miraxmadov, Yunusobod tumani IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, yoshlar masalalari bo’yicha katta inspektor, podpolkovnik G.Zarimova, Yunusobod tumani IIO FMB bo’lim boshlig’i U.Otajonov, Minor mahallasi yoshlar yetakchisi U.Azimova, Minor mahallasi uchastka inspektori leytenant G’.Surmatov, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash departamenti mas’ul xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar doirasida aholi orasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, inson salomatligini taʼminlashga qaratilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratishdi.
Uchrashuv davomida Toshkent shahar IIBB tomonidan tayyorlangan “Giyohvandlik - umr zavoli” nomli videorolik namoyish etildi.
O'zbekcha
Русский
English