YOSHLAR HAYOTGA TAYORLANMOQDA

29.10.2024 / 292

Yunusobod tumani tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi  tomonidan 1-FHDYO bo‘limida "Yoshlarni hayotga tayyorlash"  o‘quv mashg‘ulotlari  o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Muhsimova,  imom-hatib S.Norqulov,  tuman  otinoysi Sh.Umarova, huquqshunos M.Xamidova,  psixolog va shifokorlar  taklif etildi.

Mashg‘ulotlarda nikohni qayd etish uchun ariza bergan shaxslar va  yosh oilalarni nikohlanuvchi shaxslarning oilaviy-huquqiy munosabatlari muhokama qilindi Shuningdek, reproduktiv salomatlik , oilaviy ajralishlarning oldini olish, ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida ko‘nikmalar berildi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari yangi oila qurish ostonasida turgan yoshlar va yosh oilalar  hayotida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar o‘rtaga tashlandi.

O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 15 nafardan ziyod  yoshlarga maxsus sertifikatlar berildi.

Powered by GSpeech