YOSHLAR ETAKCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
09.01.2025
/
149
Yunusobod tumani hokimligida Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayev, tuman hokimi o‘rinbosari J.Nabiyev ishtirokida yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot jarayonida tumanda 2024-yilda yoshlar siyosatiga oid amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, 2025-yilda rejalashtirilgan strategik vazifalar va loyihalar keng miqyosda muhokama qilindi. Shu bilan birga, yig‘ilish davomida yoshlar yetakchilari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlanib, mavjud muammolarga yechimlar bildirildi.
Barcha takliflar inobatga olinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha kelgusi chora tadbirlar ishlab chiqildi.
O'zbekcha
Русский
English