"YOSHLAR BILAN 90 KUN"

04.06.2025 / 150

Yunusobod tumani "Shoshtepa" mahallasi hududidagi 257-umumta’lim maktabi jamoasi hamda "Shoshtepa" mahallasi raisi, mahalla yettiligi va Keksalar maslahat guruhi a’zolari bilan hamjihatlikda, hamkorlikda “Yoshglar bilan 90 kun” shiori ostida tasviriy san’at festivali o‘tkazildi.

Tadbirda maktab o‘quvchilari o‘z ijodiy ishlari orqali Vatanga bo‘lgan muhabbat, tinchlik va barqarorlik g‘oyalarini ifoda etdilar. Festivalning asosiy maqsadi — yosh avlodning estetik didi va badiiy salohiyatini yuksaltirish, ularni ma’naviy jihatdan tarbiyalash va jamiyatdagi muhim jarayonlarda faol ishtirok etishga undashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mahalla faollari, ota-onalar va mehmonlar bolalarning mahoratini yuksak baholadilar. Shuningdek, faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

Powered by GSpeech