YOSH TAEKVONDOCHI YUTUGʻI
18.01.2025
/
165
Yunusobod tumanida sport, ilm-fan va boshqa sohalarda muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar safi kengaymoqda. Masalan, Bobodehqon mahallasi, Buloqboshi 1 berk 4-uyda yashovchi Shahzodbek Pirmatov, bolalikdan sportga mehr qo‘ydi. Tinimsiz mehnati o‘z samarasini ko‘rsatdi.
Shahzodbek sportning Taekvondo WTF turi bo‘yicha Jahon chempionatida Oltin medalni, Osiyo chempionatida bir karra chempioni, Qirgizistonda o‘tkazilgan Jahon chempionatida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston chempionatida 8 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.
U yoshlar orasida namuna ko‘rsatib, O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida ko‘klarga ko‘tarib, yuqori natijalarga erishishda davom etmoqda.
O'zbekcha
Русский
English