"Yosh qutqaruvchilar" tanlovining Yunusobod tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus bo‘limida "Yosh qutqaruvchilar" Respublika tanlovining Yunusobod tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari J.Nabiyev, Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.M.Kirgizbayev, Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i N.Bobojonov, Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi D.Muminovalar ishtirok etdi.
Musobaqada Yunusobod tumanidagi 32 ta umumta’lim maktabidan 356 nafar o‘quvchi qatnashdi.
Natijalar:
1-o‘rin – 58-maktab jamoasi
2-o‘rin – 271-maktab jamoasi
3-o‘rin – 250-maktab jamoasi
Gʻoliblar tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan Diplom, kubok va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
O'zbekcha
Русский
English