YIGʻILISHDA QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI KO‘RIB CHIQILDI
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, markaziy yo‘llarni muz qoplamasidan tozalash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot mas’ullari, BSK rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tumanda qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, energiya tejamkorligini ta’minlash, kommunal sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarni tezkorlikda bartaraf etish, markaziy va shox ko‘chalar, ichki yo‘llarni qor va muzlamalarda tozalash ishlar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimligi kommunal tizimidagi korxona va tashkilotlar mas’ullari tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, tumanda 28 ta markaziy ko‘chalarda qor va muzlamalarni eritish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Bugun kun davomida maxsus qor kurash texnikasida 28 ta markaziy ko‘chalarda qor va muz qoplamalari tozalanib, transport harakati xavfsiligini ta’minlash choralari ko‘rilib, bu ishlar davom etmoqda.
Yig‘ilishda tumandagi har bir mahalla, tibbiyot muassalari, ta’lim maskanlari kesimida qish mavsumiga tayyorligini nazorat qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, kommunal xizmat sifatini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birgalikda kommunal tashkilot va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga mavsumni betalofat o‘tkazish, belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda BSK tomonidan mavjud 1337 ta ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari, ichki ko‘chalarni qum va tuz vositalarini sepish, uylarda issiqlik ta’minotida yo‘qotishlarning oldini olish yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi B. Abduvaliyev, qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda tabiiy gaz tarmog‘i, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash kabi muhim jarayonlarga to‘xtalib, qish mavsumini betalofat o‘tkazish buyicha har bir tashkilotga vazifalarni taqsimlab berdi.
Muloqotlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarga navbatchilik qismlari 24/7 rejimida shay holatda turish, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish ishlarini tashkil etish zarurligi aytib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish sektor rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
O'zbekcha
Русский
English