YIGʻILISHDA PREZIDENT QARORI IJROSINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALAR BERILDI
Yunusobod tumanidagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror ijrosini ta’minlashga bag‘ishlagan tadbir o‘tkazildi.
Unda Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Azimov Jobir Odilovich, Toshkent shahar prokurori Yuldashev Erkin To‘raqulovich, Yunusobod tumani hokimi Abduvaliyev Boxadir Abdulxayevich hamda "Mahalla yettiligi" ishtirok etdi.
Yig‘ilishda qarorda belgilab berilgan vazifalar xususida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla-tuman-shahar darajasida uning ijrosi uchun bevosita mas’ul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash zarur.
So‘zga chiqqanlar kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi.
Yig‘ilishda mazkur qaror bilan 2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Muhokama jarayonida mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuvlar asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini tashkil etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarning namunaviy "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tuman mahallalarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish, bo‘yicha manzilli chora- tadbirlarning namunaviy "yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English