YIGʻILISHDA MAHALLA YeTTILIGI FAOLIYATINI JADALLASHTIRISH HAMDA OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA VAZIFALAR BERILDI

03.08.2024 / 276

Yunusobod tumani hokimining 1-o‘rinbosari A.To‘laganov, tuman hkomiligi apparat rahbari A.Samadov, “Mahallalar uyushmasi” Yunusobod tumani bo‘limi X.Mullajonov hamda 1-sektor hududida 18 ta MFYning “Mahalla yettiligi” ishtirok etdi. Kun tartibida “Mahalla yettiligi” faoliyatini takomillashtirish, hududda kunlik obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda A.To‘laganov, mahalla yettiligi hamda korxona va tashkilotlar rahbarlariga obodonlashtirish qurilish va ta’mirlash, bunyodkorlik ishlarini belgilangan muddatlarda bajarish, kommunal tizimdagi muammolarni aniqlab, bartarf etish choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Muloqotda mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, kunlik obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Har bir yettilik faoliyati nazorati kuchaytirilishi aytib o‘tildi.
Tuman homiligi apparat rahbari A.Samadov hamda “Mahallalar uyushmasi” Yunusobod tumani bo‘limi boshlig‘i X.Mullajonovlar, 1-sektor hududidagi barcha mahallani namunali maskanga aylantirish, zarurligiga to‘xtalib, sayilgohlar atroflarini tozalash va obod qilish, aholi hordiq chiqarish maskanlarini tartibga keltirish, ariq va zovurlar, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va maishiy chiqindilardan tozalash, noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish yuzasidan ko‘rsatmalarni berdi.
Obodonlashtirish ishlarida markaziy ko‘chalar, hiyobonlar, aholi gavjum joylar atrofini maishiy chiqindilardan tozalash, sanitar holatni ta’minlash yuzasidan ishlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berilib, mas’ullar biriktirildi.
Yig‘ilishda har bir berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash va kunlik bajarilgan ishlar nazorat qilib borilishi qayd etildi

Powered by GSpeech