YIGʻILISH: AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
Yunusobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush farovonligini oshirish, ishsizlikni kamaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i A.Sattarova, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.To‘laganov, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i S.Ibragimova, 64 ta mahallalarda faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida aholi bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini oshirish, ishsizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida shaffoflikni ta’minlash va natijadorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosini nazorat qilish choralari belgilab olindi.
O'zbekcha
Русский
English