"Yashil makon" umummilliy loyihasi

16.03.2025 / 69

Yunusobod tumani hokimligi hamda sport maktablari jamoalari tabiatga mehr va e’tibor namoyoni sifatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etishdi. Ularning ezgu tashabbusi tufayli Hasanboy mahallasi yanada ko‘rkam tus oldi—bu yerda 324 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

????Yoshlar yordamida yerga qo‘yilgan har bir ko‘chat kelajakda soya-salqin go‘shaga, bahorda gullagan bog‘ga, kuzda serhosil daraxtga aylanadi. Bu amalga oshirilgan xayrli ishlar nafaqat atrof-muhitga, balki insonlar qalbiga ham yangicha nafas bag‘ishlaydi.

????Yashil muhit, toza havo va hushmanzara tabiat uchun qilingan bu ezgu mehnat barchaga ilhom bag‘ishlab, yosh avlodni ham ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb etadi. Bardavom bo‘lsin ana shunday xayrli tashabbuslar!

Powered by GSpeech