YASHIL MAKON: TALABALAR KO‘CHAT EKISHDA FAOL ISHTIROK ETDI

11.11.2024 / 228

   Toshkent Xalqaro universiteti “Yashil makon”chellenji doirasida tabiatni asrash va yashil hududlarni ko‘paytirish maqsadida daraxt ekish ishlarini boshladi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov  raisligida online uchrashuv bo‘lib o‘tdi va tadbirga start berildi. 

  Toshkent Xalqaro universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, universitet xodimlari hamda talabalari ishtirokida, turli xil mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari universitet hududi hamda Minor mahallasida joylashgan 9-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida ekildi. Shuningdek, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasining a’zosi Navruzbek Yusupov tashrif buyurib, loyiha doirasida chellenjda ishtirok etdi.

Powered by GSpeech