“Yashil makon” milliy loyihasi
Yunusobod tumani hokimligi tomonidan mavjud 64 ta mahallada Yashil makon umummilliy loyihasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.Ayni paytda mahallalar va markaziy ko‘chalar atrofida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari hamda gullar o‘tqazilmoqda.
Ushbu tadbir nafaqat hududni ko‘kalamzorlashtirishda yangi bosqichni boshlab berdi, balki mahalliy ma’muriyatning aholi uchun qulay va ekologik muhit yaratishga bo‘lgan intilishini ham namoyon etdi.
Ko‘chatlar mahalliy iqlim va tabiiy sharoitlar hisobga olingan holda tanlangan bo‘lib, bu ularning muvaffaqiyatli ildiz otishi va kelajakda hudud go‘zalligiga hissa qo‘shishini ta’minlaydi.
Atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan bunday tashabbuslar tabiatga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish barobarida, bugun ekilgan har bir daraxt kelajak avlod uchun g‘amxo‘rlik timsoliga aylanishi mumkin.
O'zbekcha
Русский
English