YASHIL MAKON LOYIHASI
Qadrdon mahallasida "Yashil makon” dasturi asosida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
Shu kunlarda Yunusobod tumanidagi barcha mahalla, tashkilot, muassasa va korxonalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, 17-mavze, Qadrdon mahallasi hokim yordamchisi va tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida hududdagi bo‘sh yotgan yer maydonlariga dastur asosida manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi. Ko‘chat ekishda mutaxassislarning tavsiyasi inobatga olindi.
Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – Tumanimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududga aylantirishga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish hamda mahallalarni aholi turar joylari atrofini yanada ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.
O'zbekcha
Русский
English