YASHIL MAKON: BIZ SHAHRIMIZNI YASHILLIKKA BURKAYMIZ

10.11.2024 / 198

Prezidentimiz tashabbusi bilan ko‘chatlar ekish, yashil maydonlarni ko‘paytirish katta harakatga aylanmoqda. Bugun erta tongdan Yunusobod tumanidagi Toshkent Arxitektura qurilish instituti jamosi ham “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etdi. Unda oliy ta’lim muassasi o‘qituvchilari professor-o‘qituvchilari, volontyor yoshlar va talabalar ishtirok etdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihada faol ishtirok etaylik” shiori ostida o‘tkazilgan aksiya doirasida bugunning o‘zida hududga 300 dan ortiq manzarali va mevali daraxtlar, xususan, qora qarag‘ay, eman, qayrag‘och, yapon safforasi, katalpa ko‘chatlari ekildi.

Yunusobod tumanidagi Oliy ta’lim dargohlarida kuzgi mavsum daraxt ekish ishlari davom etmoqda.

Powered by GSpeech