Yaqinda Voleybol bo‘yicha IIV kubogining Yunusobod tumani bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
Yunusobod tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha IIV kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqaning tuman bosqichi yakunlandi. Gʻolib jamoalarni taqdirlash marosimi tantanali ruhda tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, murabbiylari, oliy ta’lim muassasalari rahbariyati va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida kirish so‘zini Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Gʻayrat Toshbekov ochib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda musobaqaning ahamiyati yuqori ekanligini ta’kidladi.
Musobaqa natijalari quyidagicha bo‘ldi:
1-o‘rin — Nurmakon MFY jamoasi;
2-o‘rin — Otchopar-2 MFY jamoasi;
3-o‘rin — Adolat MFY jamoasi.
Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan “Nurmakon” jamoasi Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Gʻoliblar Yunusobod tumani hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O'zbekcha
Русский
English