Yangli O‘zbekistonning ibratli oilasi

19.05.2025 / 171

  “Farovon oila sari” shiori ostida o‘tkazilgan “Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining Yunusobod tumani bosqichida eng faol va namunali hayot tarzi bilan ajralib turgan 7 ta oila g‘olib deb topildi. Ular o‘zlarining mehr-oqibatga, oila a'zolari orasidagi hamjihatlik va bir-biriga hurmat ko‘rsatish orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topib, yuqori ijtimoiy faollikni namoyon etgan holda tan oldilar.

  G‘oliblarga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar va pul mukofotlari Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliev tomonidan tantanali ravishda topshirildi. U o‘z nutqida, oila – inson hayotidagi eng muqaddas va bebaho darvoza ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, sog‘lom va barqaror o‘ilalar jamoaning muhim ustuni bo‘lib, jamiyatni rivojlantirishdagi alohida ahamiyatini qayd etdi. Mahalliy hokimning fikricha, farovon oilalar — har bir yurtning baxtli va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishiga yordam beradi.

  Tanlov jarayonida o‘ilaning jamiyatdagi faolligi, farzand tarbiyasidagi yutuqlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, oila a'zolari orasidagi hamjihatlik va mehr-oqibat kabi mezonlar asosida baholandi. Tanlovda qatnashgan oilalar nafaqat o‘zlarining shaxsiy hayotini, balki jamiyatga bo‘lgan mas'uliyatini ham yuksak darajada namoyon etdilar. Ularning har biri o‘zining ijtimoiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlari bilan birgalikda o‘zlarining oilaviy qadriyatlarini ham ulug‘lashga muvaffaq bo‘ldi.

  Ushbu ko‘rik-tanlov chin ma'noda ibratli oilalarning mustahkam, farovon va namunalı turmush tarzini ommalashtirishda, o‘sib kelayotgan kelajak avlodga, oila qurish ostonasida turgan yoshlar uchun ibrat qilib ko‘rsatishda dasturilamal vazifasini o‘tamoqda. Tanlovda ishtirok etgan oilalar, o‘zlarining ijtimoiy, ma'naviy va ma'rifiy yutuqlari orqali oila va jamiyatni birlashtirishda katta ahamiyatga ega. Ular yosh avlodga, oila qadriyatlarini hurmat qilish, farzandlarni o‘qitish va tarbiyalashda mehnat qilishni o‘rgatmoqda.

  Yangi O'zbekistonning ibratli oila tanlovi, oilaviy hamjihatlik va bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbatning jamiyatda muhim o‘rin tutishini yana bir bor ta'kidladi. Shuningdek, bu tanlovning amalga oshirilishi, jamiyatdagi farovonlikni oshirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan bir qator chora-tadbirlarning ajralmas qismidir.

Powered by GSpeech