YANGI YIL BAYRAMI OLDIDAN BOLAJONLARGA QUVONCH ULASHDI
Qorbobolar va Qorqiz paradi navbatdagi bolajonlarning qalbiga quvonch olib kirish uchun yo‘lga otlandi. Yunusobod tumani hokimligi tomonidan "Ijtimoiy himoya" milliy agentligi Toshkent shahar bosh boshqarmasi tasarrufidagi 442-sonli ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan nogironligi bor bolalar uchun xayriya – yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari J.Nabiyev, tumani "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Fotima Zaxidova hamda Qorbobo va Qorqiz paradi ishtirok etdi.
Qorbobo va Qorqizlar tomonidan kim epchilu, kim chaqqon, bilag‘on kabi viktorina savollari berildi. Bolajonlar Yangi yil bayramiga bag‘ishlagan she’rlarini aytib, raqsga tushdi. Ayniqsa, ertak qahramonlari ishtirokidagi qiziqarli sahna ko‘rinishlari bolajonlarning qalbiga olam-olam quvonch baxsh etdi.
Tuman hokimligi tomonidan bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashilganligi, ularning qalbini quvonchga to‘ldirdi.
O'zbekcha
Русский
English