Yangi tarnov MFYda sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

10.04.2025 / 192

 Yunusobod tumanida tuman hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan Yangi tarnov MFYda sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla faollari hamda aholi vakillari faol ishtirok etdilar.

Sayyor qabul doirasida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Asosiy murojaatlar yer uchastkalari,subsidiya, uy-joy bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar, ish bilan ta’minlash, tibbiy xizmat va boshqa ijtimoiy muammolarga oid bo‘ldi.

Murojaatlar birma-bir eshitilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Kompleks yondashuv asosida tahlil talab etuvchi masalalar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, sayyor qabul doirasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari inobatga olindi. Mahalla faollari va keksa fuqarolarning takliflari ijobiy baholandi va tegishli choralar belgilandi.

Powered by GSpeech