"YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI – MAMLAKAT TAYANCHI XALQIMIZ FAXRI”

13.01.2025 / 253

Yunsobod tumani "Nuroniy" jamg‘armasi va Toshkent Xalqaro Universiteti hamkorlikda "Uch avlob uchrashuvi" shiori ostida  “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab, “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi xalqimiz faxri” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Milliy gvardiyasi,Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda Yunusobod tumani " Nuroniy" jamg‘armasi, Toshkent Xalqaro Universitet rektori,o‘qituvchi professor va talaba yoshlari ishtirok etdi.

Tantanali ochilish marosimi harbiy orkestr chiqishi bilan boshlanib, tadbir mehmonlariga vatanparvarlik ruhini ulashdi.
So‘z olganlar xizmat burchini o‘tayotgan barcha harbiylarni, qolaversa, shu azaz Vatan ostonasini asrashga o‘z hissasini qo‘shayotgan chin ma’nodagi vatanparvarlarni bayram bilan tabrikladi.

Tadbirda harbiy bo‘lishni maqsad qilgan yoshlar tomonidan puxta tayyorlangan jangovor chiqishlar,orkestrlarning bayramona kuy-qo‘shiqlari barchaga manzur bo‘ldi.

Powered by GSpeech