Yana bir umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi
Yunusobod tumanida joylashgan 96-sonli umumta’lim maktabi zamonaviy asosda to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Avvalgi bino yillar davomida ta’limga xizmat qilgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan eskirib, zamon talablariga javob bermay qolgan edi. Bugun esa ushbu ta’mir va qayta qurish ishlari natijasida maktab yangi hayot kasb etdi. Zamonaviy loyiha asosida qurilgan bino 720 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
Bunday ulkan o‘zgarishlar mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasini isloh qilish va yoshlar kelajagiga qaratilgan siyosatning amaliy ifodasidir.
Dars xonalari zamonaviy o‘quv jihozlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan, fan laboratoriyalari, kutubxona, sport zali hamda oshxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O'zbekcha
Русский
English