YANA BIR OILANING IJTIMOIY HIMOYASI TA'MINLANDI

24.10.2024 / 202

  Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, "Sharq haqiqati" MFY, Xasanboy 5-tor ko‘cha 35-xonadondada istiqomat qilayotgan To‘raboy Sagdullayevning xonadoniga tashrif buyurib, oilaning ijtimoiy ahvoli bilan atroflicha tanishdi. Suhbat mobaynida ushbu oilaning 6 nafar farzandi borligi, fuqaro sog‘ligi tufayli hozirgi kunda ishsizligi, fuqaroning 6 sotih tomorqasi borligi aniqlandi.

  Shu kunning o‘zida ushbu oilaga kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlandi. Farzandlarining ta’lim olishi, fanlarni o‘zlashtirishi uchun ko‘mak beriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari oilalarga tijorat banklari biriktirilib, ularni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kredit ajratish masalasi o‘rganilishi yuzasidan topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech