YANA BIR OILA YARASHTIRILDI

02.08.2024 / 238

Oila – baxt-saodat va mehr qo‘rg‘oni, jamiyatning asosiy bo‘g‘ini. So‘nggi paytlarda, ayniqsa, yosh oilalar arzimagan bahona, uchinchi shaxs aralashuvi, maishiy muammolar sabab buzilmoqda, oqibatda farzandlar tirik yetim bo‘lyapti.

Yunusobod tumani “G‘ayratiy” mahallasi, G‘ayratiy ko‘chasi, 9-uy, 5-xonadonda yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan A.Chebataryova, 1976 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Yevgeniy Chebataryov bilan o‘zaro janjallashib qolganligi yuzasidan mahalla raisiga murojaat etgan. Mazkur masalani Yunusobod tumani 1-3- son IIB HPB XQMB katta inspektorlari mayor L.B.To‘rayeva va kapitan M.M.Pirmatovalar o‘rganib chiqdi. 

Oila vakillari mahalla idorasiga chaqirtirilib, murojaatda ko‘rsatilgan vajlar muhokama qilindi. Ikki tomonlarning fikrlari eshitildi va profilaktik suhbat olib borildi. A.Chebataryovaga turmush o‘rtog‘i tomonidan ruxiy taziyq o‘tkazganligi sababli “Himoya orderi” rasmilashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi va yana bir oila yarashtirildi.

Powered by GSpeech