Ya.A.Abdurahmonov “Buyuk Turon” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yekti korxonalari faoliyatini o‘rgandi.
Yunusobod tumani prokurori Ya.A.Abdurahmonov ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda “Buyuk Turon” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yekti korxonalari faoliyatini o‘rgandi.
Xususan korxonalarda iqtisodiy faoliyatning qonuniy tartibda yuritilishi,yashirin iqtisodiyot darajasini qisqartirish, qo‘shimcha soliq manbalarini aniqlash, soliq tushumlarini barqaror oshirish hamda mavjud soliq qarzdorligini bartaraf etish holati o‘rganildi.
Muloqotda tadbirkorlar tomonidan soliq to‘lovlari yuzasidan uchrayotgan muammo va takliflar tinglandi, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli idoralarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shu bilan birga, korxonalarda xo‘jalik yuritishda shaffoflikni ta’minlash, ishchi-xodimlarni rasmiy mehnat shartnomalari bilan qamrab olish, hisob-kitobni qonuniy asosda yuritish kabi masalalar bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar berildi.
O'zbekcha
Русский
English