XUSH XABAR!

03.06.2025 / 119

  Bugun Toshkent shahrida o‘tkazilgan Besh tashabbus Olimpiadasining "Musiqa va san’at" yo‘nalishi bo‘yicha shahar bosqichida 23–30 yosh "Mohir fortepiano" nominatsiyasida Yunusobod tumani, Astrobod mahalla fuqarolar yig‘ini vakili Stesenko Nikita munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi!

  Ushbu buyuk muvaffaqiyat Stesenko Nikitaga Olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini berdi!

  Stesenko Nikitaning musiqaga bo‘lgan chuqur mehri, tinimsiz mehnati va yuqori ijodiy salohiyati ushbu yutuqning asosiy omillaridandir. Uning ijrosidagi fortepiano kuylari nafaqat hakamlar hay’atini, balki tadbir qatnashchilarini ham ilhomlantirdi.

   Bu kabi muvaffaqiyatlar yurtimiz yoshlarining san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasidir.

  Stesenko Nikitani ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Respublika bosqichida ham ulkan zafarlar va yangi cho‘qqilarni zabt etishini tilab qolamiz!

Powered by GSpeech