Xotin- qizlar uchun "Suzana" milliy kashtachilik kurslari faoliyat boshladi

20.05.2025 / 164

Yunusobod tumanidagi Kulolqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ayol va qizlarimizning bandligini ta’minlash hamda ularning hunarmandchilik sohasidagi malakasini oshirish maqsadida “Suzana” milliy kashtachilik san’ati bo‘yicha bepul o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshladi.

"Hunar bilgan xor bo‘lmas", "Qirq hunar ham oz — ayol kishi har tomonlama yetuk bo‘lishi kerak" shiori ostida tashkil etilgan ushbu kurslarda mahalliy hunarmand ustalar rahbarligida qizlar va ayollarga suzana tikish, gul naqshlarini tushirish, an’anaviy kashtachilik uslublari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beriladi.

Mazkur tashabbus nafaqat milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, balki ayollar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish, ularning moddiy va ma’naviy jihatdan mustahkam bo‘lishiga ham xizmat qiladi. O‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.

Powered by GSpeech