XOTIN-QIZLАR UCHUN PSIXOLOGIK TRENING

21.09.2024 / 272

Yunusobod tumanidagi “Kulolqo‘rg‘on” MFYda joylashgan “Ona uyi” ijtimoiy markazda taniqli olima, falsafa fanlari doktori, xalqaro toifadagi spiker J.T. Shermuhammedova, Yunusobod tomani hokimi o‘rinbosari D.M.Muxsimova, tuman “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori F.T.Zohidova istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan davra suhbati va psixologik-trening mashg‘uloti o‘tkazdi.
 Treningdan koʼzlangan maqsad ayollarning psixologik holatni mustahkamlash uchun hozirda ularda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan emotsional bosimni yechish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

 Psixologik-trening so‘nggida ayollar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, shuningdek o‘z tassurotlari bilan o‘rtoqlashib, ushbu ko‘rinishdagi psixologik-treninglarni doimiy ravishda o‘tkazish maqsadga muvofiqligi yuzasidan kelishib olindi.

Powered by GSpeech