XORIJIY INVESTOR TАDBIRKOR FАOLIYATI BILАN TАNISHDI

24.09.2024 / 163

Mamlakatimizda xorijiy investorlarni jalb etish, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish maqsadida, Toshkent shahar hokimi oʼrinbosari Sh.Sultanova, Yunusobod tumani hokimi oʼrinbosari D.Muxsimova hamda Turkiya davlatidan tashrif buyurgan investorlar bilan Yunusobod tumandagi “Bobodehqon” mahallasi hududida joylashgan “MOLOChNIY DOMIK” "Ibragimov X.N" xususiy korxonasida boʼlishdi va loyihalar kiritish takliflari bildirildi.

"MOLONIY DOMIK” "Ibragimov X.N." xususiy korxonasi 2012 yildan beri faoliyat yuritib keladi. Ushbu korxonada asosan sutni qayta ishlash natijasida sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonada chiqarilayotgan mahsulotlar Toshkent shahrida ochilgan 100 ta savdo doʼkonlariga yetkazib berilib, aholi ehtiyojlari qondirilmoqda.

Hozirda korxonada “Bobodehqon” mahallasidagi ishsiz boʼlgan 175 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi. Bu yerda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ishchilarni oʼrtacha oylik maoshlari 4,5 -5,0 mln soʼmni tashkil etmoqda. Tadbirkor tomonidan mahalladagi xotin -qizlar uchun 200 ta ish oʼrinni yaratish maqsadida qoʼshimcha binolar qoʼrilmoqda.

Tashrif davomida turk investorlarni jalb qilish hamda sut mahsulotlarini eksport qilish orqali tumanni eksport salohiyatini oshirish boʼyicha muzokaralar olib borildi va bir qator kelishuvlarga erishildi.

Powered by GSpeech