Xorijiy investitsiyalar

24.10.2025 / 7

Xorijiy investitsiyalar

????Joriy yilning 9 oyligida Yunusobod tumanida 580,5 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2024-yil mos davrida o‘zlashtirilgan 262,6 mln dollarlik xorijiy investitsiyalarga nisbatan 221 foiz o‘sishga erishildi.

⬆️Mazkur davrda 25 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilib, natijada 942 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Joriy yilda 25 ta davlatlarning kompaniyalari tomonidan xorijiy investitsiyalar kiritilmoqda.

⏫Jumladan:
Xitoy 270,0 mln dollar;
Rossiya 110,0 mln dollar;
Ummon 55,0 mln dollar;
AQSh 50,0 mln dollar;
BAA 30,0 mln dollar;
Singapur 30,0 mln dollar;
Lyuksemburg 5,6 mln dollar;
Buyuk Britaniya 4,7 mln dollar;
Fransiya 4,5 mln dollar;
Avstriya 3,0 mln dollar davlatlari yetakchilik qilmoqda.

Eksport

⤴️Joriy yilning 9 oyligida Yunusobod tumanida 365,9 mln dollarlik eksport amalga oshirilib, 2024-yil mos davrida amalga oshirilgan 289,7 mln dollarlik eksportga nisbatan 126,3 foiz o‘sishga erishildi.

⬆️Mazkur davrda 109 ta korxonalar eksportga jalb etilib, natijada bugungi kunda eksportyor korxonalar soni 166 taga yetkazildi.
Mahsulot turlari 9 taga ko‘payib, 42 xil mahsulotlar eksporti amalga oshirilmoqda.

⬆️Eksport geografiyasi (34 tadan) 6 taga kengaytirilib, 40 taga yetkazildi.

↗️Jumladan:
Turkiya 74,4 mln dollar;
Afg‘oniston 74,0 mln dollar;
Qozog‘iston 64,2 mln dollar;
Ozarbayjon 45,0 mln dollar;
Rossiya 26,2 mln dollar;
Iroq 25,0 mln dollar;
Qirg‘iziston 20,3 mln dollar;
BAA 5,4 mln dollar;
Italiya 1,3 mln dollar;
Gruziya 1,1 mln dollar va Yevropa Ittifoqi davlatlariga
4,1 mln dollar miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Mahalliy budjet daromadlari

????Joriy yilning 9 oyligida Yunusobod tumanining mahalliy budjeti daromadlari rejasi 131,4 mlrd so‘m bo‘lib, amalda 182,5 mlrd so‘m tushum undirilib, belgilangan reja 139 foizga bajarildi.

⬆️ Natijada 51,1 mlrd so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Shuningdek, 2024-yilning mos davrida mahalliy budjetga kelib tushgan 165,4 mlrd so‘mga nisbatan 110,3 foizga o‘sishga erishildi.

Budjet daromadlari

⬆️Joriy yilning 9 oyligida Yunusobod tumanining budjet daromadlari rejasi 335,9 mlrd so‘m bo‘lib, amalda 358,5 mlrd so‘m tushum undirilib, belgilangan reja 106,7 foizga bajarildi.

↔️ Natijada 22,6 mlrd so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Shuningdek, 2024-yilning mos davrida budjetga kelib tushgan 338,7 mlrd so‘mga nisbatan 105,8 foizga o‘sishga erishildi.

Powered by GSpeech