"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi
Yunusobod tumanida joylashgan Alfraganus universitetida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuhamedov ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni sog‘lom va komil inson qilib o‘stirish, tom ma’noda o‘sib kelayotgan yosh kelajak avlodni haqiqiy yurt farzandlari qilib tarbiyalash zarurligi aytib o‘tildi.
Muloqotlarda so‘ngi paytlarda oliy o‘quv yurtlarida talabalar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan fikrlar bildirilib, jinoyatning kelib chiqish sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar xususida batafsil fikr almashildi.
Tadbir yakunida talaba yoshlarning savollariga batafsil javob berildi.
O'zbekcha
Русский
English