Xavfsiz mahalla muhitini yaratish choralari ko‘rilmoqda

04.02.2025 / 205

Yunusobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari Ya.Abdurahmonov,ish faoliyatida xavfsiz mahalla muhitini yaratish, jamiyat barqarorligi va fuqarolar farovonligini ta’minlash chorlariga e’tibor qaratib kelmoqda. Sektor shtabida "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazib, Prezidentimizning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash tushuntirilmoqda.

Muloqotda sektor rahbari Ya. Abdurahmonov, qarorda belgilab berilgan vazifalarga alohida to‘xtalib, ishga kompleks yondashuv talab etilishini e’tirof etdi.
Sektor rahbari har bir kishi o‘z mahallasi xavfsizligiga mas’uliyatli munosabatda bo‘lsa, jinoyatchilikning oldi olinib, tinch va farovon muhit yaratilishiga to‘xtaldi.

Birinchi navbatda mahalla yettiligi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, mahalla faollarini jalb etish, mahalla hududida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, Patrul guruhlarini tashkil etish (IIB, fuqarolik jamiyati va ko‘ngillilar bilan hamkorlikda), huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarur.

Tuman prokurori Ya.Abdurahmonov, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi tarbiya ishlarini olib borish, oilaviy nizolar va ijtimoiy muammolarga yechim topish uchun maslahat markazlarini tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik choralari bo‘yicha ma’lumotlarni tarqatish yuzasidan tavsiyalarini berdi.

Muloqot davomida xavfsiz mahalla muhitini shakllantirish uchun fuqarolar, hokimiyat, huquqni muhofaza qilish organlari va tadbirkorlar o‘rtasida samarali, uzviy hamkorlik bo‘lishi aytib o‘tilib, mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech