XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI

23.10.2024 / 236

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining navbatdagi II-chaqiriq yuzinchi sessiyasi o‘tkazildi. Unda Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirok etishdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, 2024 yilning 9 oy davomida “Mahalla yettiligi” tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarilishi holati va aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi. Deputatlar ushbu masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tizim faoliyatini yanada jonlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Navbatdagi masala Prezidentimizning 2024yil 3 aprel kuni xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi hamda Yunusobod tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha, Yunusobod tumanida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari boshqaruvchilarining amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida bo‘lib o‘tdi.

Yunusobod tumanidagi barcha tijorat bank boshqaruvchilarining mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish hamda mikroloyihalar yaratilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglanib, batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, tuman hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida tijorat bank rahbarlari, lider tadbirkorlar hamdabank mijozlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali 1 241 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini kengaytirish maqsadi dasturlar doirasida 39,6 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratilib, 2 508 ta yangi ish o‘rinlari hamda 2 881 ta mikro va kichik loyihalarni amalga oshirish orqali 5912 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi. Bundan tashqari, boshqa yo‘nalishlarda ham tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar berilganligi hisobiga, tumanda 57 405 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi qayd etildi.

Sessiya kun tartibida Yunusobod tumani mahalliy budjetining 2024-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish, deputatlik faoliyati yakuni hamda Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashining tegishli qarorlar qabul qilindi.

Powered by GSpeech