Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining navbatdagi 3-chaqiriq 2-sessiya o‘tkazildi

18.11.2024 / 185

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining navbatdagi 3-chaqiriq 2-sessiya o‘tkazildi.Unda tuman hokimi B.Abduvaliyev,xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari ishtirok etdi.Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish,namunaviy nizomi va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Deputatlar tuman kengashi doimiy komissiyalari tarkibini maslahatlashgan holda tuzib, tasdiqladilar.

Sessiyada Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati to‘g‘risida nizomi ham hamda Kengashda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida masalalar ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi. Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javob oldi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashining tegishli qarori qabul qilindi. Shuningdek, Kengash vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Powered by GSpeech