XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHINING III-CHAQIRIQ 1-SESSIYASI O‘TKAZILDI

07.11.2024 / 295

 Bugun xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining III-chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi. Unda Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Xaydarov, yangi saylangan xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari, Yunusobod tuman saylov komissiyasi raisi O‘.Narbayev, Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirok etishdi.

 Unda Yunusobod tuman saylov komissiyasi raisi Narbayev O‘ktam Tilovkobulovichning 2024-yil 27-oktyabrda o‘tkazilgan saylov yakunlari va natijalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

 Navbatdagi masalada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 21-oktyabrdagi KQ-835-sonli qarori asosida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Reglamenti tӯg‘risidagi Nizomi tasdiqlandi.

 Sessiyaning uchinchi masalasida O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yhatga olindi.

 Sessiya ishida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Xaydarov Baxtiyor Xalimovich ishtirok etib, Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan Yunusobod tumani hokimi lavozimiga Abduvaliyev Boxadir Abdulxayevich tayinlanganligini bildirdi.

  Sessiyada Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining qarori bilan Yunusobod tuman hokimi lavozimiga Abduvaliyev Boxadir Abdulxayevich bir ovozdan tasdiqlandi. Shundan so‘ng, B.Abduvaliyev, Yunusobod tumanini 2025-2029 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo‘yicha batafsil axborot berdi.

 Yunusobod tumani hokimi Abduvaliyev Boxadir Abdulxayevichni hamda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga saylangan deputatlarni muborak etib, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlarni tilab qolamiz.

Powered by GSpeech