Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga saylangan deputatlar bilan tanishing.
1. Azimova Gulirano Zuxurovna, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 1-Xasanboy saylov okrugidan saylangan. U 1962 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy.1985 y. Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Pedagog. O‘zbekiston XDP a’zosi. Hozirda Yunusobod tumani 87-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Deputatlik faoliyati mobaynida tumandagi Katta Xasanboy, Xamkorobod, Sharq xaqiqati mahallalari biriktirilgan. Deputatning shaxsin telefon raqami : 97 767 25 54
2. Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 2-Islomobod saylov okrugidan saylangan. 1991 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 2016 y. Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. O‘zXDP a’zosi. Hozirda Toshkent moliya institutida o‘qituvchi, dotsenti. Deputat faoliyati mobaynida Xasanboy, Islomobod, Tiklanish (Guliston) mahallalari biriktirilgan. Deputatning shaxsin telefon raqami: 94 676 72 75
3. Normetova Sobura Voxobovna, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 3- Sobirobod saylov okrugidan saylangan. 1961 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1989 yili Toshkent shahar yengil sanoat texnikumini bitirgan. O‘zXDP a’zosi. Hozirda “Katta Xasanboy” MFY raisi. 2021 yili “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. Deputat S.Normetovaga Sobirobod, Uch Qaxramon mahallalari biriktirilgan.
4. Abduvaliyev Bohadir Abdulxayevich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 4- Astrobod saylov okrugidan saylangan. 1968 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy, 1992 yili Toshkent davlat universiteti,1995 yili Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan. Mutaxassisligi tarixchi, huquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi. Hozirda Yunusobod tuman hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Deputat B.Abduvaliyevga Astrobod, Turkiston mahallalari biriktirilgan.
5. Asilova Muxayyo Ubayevna, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 5-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan. U1964 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 1988 y.Toshkent tibbiyot institutining davolash ishi fakultetini tamomlagan. O‘zXDP a’zosi. Hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori. 2020 y. I-darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan. Deputatga Bog‘ishamol, Bog‘i eram, Kulol qo‘rg‘on mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 90-168-46-27
6. Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 6-Nurmakon saylov okrugidan saylangan. U 1985 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 2008 y. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (bakalavir)ni, 2016 yilda esa Abu Rayxon Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universiteti (magistir)ni tamomlagan. O‘zLiDeP a’zosi. Hozirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor. B.Maxkamovga Mingchinor, Nurmakon, Yo‘layriq mahallalari biriktirilgan.
7. Omonov Erkin Botirovich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 7- Xalqabog‘ saylov okrugidan saylangan. U1976 yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 2003 y. Toshkent davlat pedagogika universitetini, 2008 yili O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi tarixchi, jurnalist. O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Deputatga Yangi hayot, Xalqabog‘ mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 99-444-54-95
8. Xasanov Baxtiyor Vaxapovich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 8- Ahmad Donish saylov okrugidan saylangan. U 1961 yili Toshkent viloyatining Qibray tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 1981 yili Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi tarix va jamiyatshunoslik o‘qituvchisi. Tarix fanlari doktori, dotsent. O‘zMTDP a’zosi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati. Unga Ahmad Donish, O‘zbekiston mustaqilligi, Muruvvat mahallalari biriktirilgan.
9. Kattaxodjayev Sherzod Irgashevich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 9- Sevinch saylov okrugidan saylangan.U 1977 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 1999 yili Toshkent davlat texnika universiteti, 2002 y. Shotlandiya Robert Gordon universiteti (magistr)larini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis. O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi. Hozida “TIKLAMOQ” MCHJ direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Unga Sevinch, Bobodehqon mahallalari biriktirilgan. Tel: 90 186 01 34
10. Voropayeva Natalya Viktorovna, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 10- Yunus ota saylov okrugidan saylangan. U 1979 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati rus. Ma’lumoti Oliy. Tugallanmagan oliy. 2021 yildan buyon O‘zbekiston milliy universitetida tahsil olmoqda. Mutaxassisligi atrof muhit meteorologi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi. Hozirda O‘zbekiston Repsublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi modernizatsiya va innovatsiyalarni joriy etish bo‘limi 1-toifali muhandisi. Unga Ahilobod, Yangibog‘ Yunusota mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 90 972 00 13
11. Murzametova Marina Ravshanovna, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 11- Qadrdon saylov okrugidan saylangan. U 1976 yili Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan. Millati Ozarbayjon. Ma’lumoti Oliy. O‘zbekiston milliy universiteti 2-bosqich talabasi.Mutaxassisligi siyosatshunoslik. O‘zLiDeP a’zosi. Hozirda Yunusobod tumani “Ahilobod” MFY raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020 y. “Saxovat va kumak”, “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni, 2021 y. “Shuhrat” medali va “Mahalla iftixoriy” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Unga Ahilobod va Qadrdon mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 90 994 08-17
12. Musayeva Dilnoza Mirzaxidovna, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 12- Akbarobod saylov okrugidan saylangan. U1975 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi Stomatologiya, maktabgacha ta’lim va bolalar sporti, maktabgacha va oilaviy ta’lim, oligofrenopedagog siyosatshunos. O‘zXDP a’zosi. Hozirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi “Chinobod Plaza sanatoriysi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. U 2024 y. II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan. D.Musayevaga Akbarobod va Yunusobod mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 90 955 07 02
13. Yusupov Sanjarbek Maqsudbekovich , Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 13- Beg‘ubor saylov okrugidan saylangan. U1988 yili Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2009 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlari huquqshunos. "Adolat" SDP a’zosi. Hozirda “O‘zsanoatqurilishbank" ATB Yunusobod bank xizmatlari markazi boshqaruvchi v.b lavozida faoliyat ko‘rsatmoqda. Unga Beg‘ubor hamda Mehnatobod mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 947110979
14.Usmanov Nigmatulla Rixsiboyevich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 14- Oqtepa saylov okrugidan saylangan. U 1966 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 1992 yili Toshkent arxitektura qurilishi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-quruvchi. O‘zMTDP a’zosi. Hozirda Yunusobod tumani “Oqtepa” MFY raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Telefon raqami: 99 444 00 89
15.Yem Aleksandr Vissarionovich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 15- Shoshtepa saylov okrugidan saylangan. U 1985 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati koreys. 2008 yili Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi aloqachi. O‘zMTDP a’zosi. Hozirda "DAYAKO" MCHJ menejeri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Unga Uvaysiy, Shoshtepa hamda Yurtobod maxallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 90 933 06 43
16. Sadullayev Qudrat Yusubbayevich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 16- Obod saylov okrugidan saylangan. U1973 yili Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1995 yili Toshkent davlat yuridik universiteti, 2004 yili Butun dunyo terrorizmga qarshi kurashish akademiyasi, Vengriya (Budapesht), tamomlagan. 2011 y. Bosh prokuratura akademiyasi, rahbar kadrlarni qayta tayyorlash Oliy kursi, huquqshunos. "Adolat" SDP a’zosi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Kadrlar tayyorlash bo‘yicha bosh mutaxassisi.Unga Obod, Posira, Bog‘ibo‘ston mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 90 358 74 44
17. Ashrapova Iqborxon Kutbitdinovna, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 17- Adolat saylov okrugidan saylangan. U 1957 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 1980 yili O‘zbekiston milliy universitetini, 1993 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi filolog, iqtisodchi. O‘zLiDeP a’zosi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Fahriylarini ijtimoiy qo‘llab – quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Yunusobod tumani bo‘limi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Unga Adolat hamda Billur mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami 97-747-72-78
18. Egamberdiyev Shaxzod Baxodir o‘g‘li, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 18- Shaxriston saylov okrugidan saylangan. U1995 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Mutaxassisligi Oliy. 2018 y. Toshkent davlat agrar universitetini, 2020 y. Toshkent davlat agrar universiteti (magistr)ni tamomlagan. Mutaxassisligi agronom. Toshkent davlat agrar universiteti doktoranti. O‘zbekiston ekologik partiyasi a’zosi. Unga Shahriston, Anorzor hamda Xusniobod mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami 90 358 74 41
19. Ibragimov Yuldashbek Abdilamidovich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 19- Qo‘shchinor saylov okrugidan saylangan. U 1959 yili Qozog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 1986 yili Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis. "Adolat" SDP a’zosi. Hozirda Yunusobod tumani “Qo‘shchinor” MFY raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Unga Registon, Gʻayratiy, Qo‘shchinor mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 97 757 55 11
20. Eshonxodjayev Otabek Djurayevich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 20- Jomiy saylov okrugidan saylangan. U 1980 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 2004 yili Toshkent davlat tibbiyot institutini, 2007 yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi (magistr)ni tamomlagan. Mutaxassisligi jarroh. O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi. Hozirda Akademik V.Voxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Unga Yangi Ariq, Jomiy hamda Iftixor mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami 90 980 58 53
21. Kashkarov Oleg Romanovich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga Turk Qo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan. U 1986 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati rus. Ma’lumoti Oliy. 2009 yili O‘zbekiston milliy universitetini, 2017 yili Kardiff universiteti (magistr) Buyuk britaniyani tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi, biolog. O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi. Hozirda O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati NNT Koordinatori. Unga Minor, Turk qo‘rg‘on hamda Usta Shirin mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 90 174 03 96
22. Nasirov Abdulaziz Axmatullayevich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 22- Qashqar saylov okrugidan saylangan. U 1986 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy, 2011 yil Toshkent pediateriya tibbiyot institutini tamomlagan. 2014 yil Toshkent pediatriya tibbiyot instituti pediatriya ishi. Mutaxassisligi tibbiy psixologiya. O‘zbekiston “Adolat” SDP a’zosi. Hozirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Unga Buyuk Turon, Qashqar hamda Matonat mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 90 916-11-00
23. Yusupov Rovshan Abilovich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 23-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugidan saylangan. U 1950 yili Toshkent shaharida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 1985 yili Samarqand Kooperativ institutini tamomlagan. Mutaxassisligi oliy malakali tovarshunos. O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi. Hozirgi kunda "Mirzo Ulug‘bek" mahalla fuqarolari yig‘ini raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Unga Mirzo Ulug‘bek, Xiyobontepa, Bodomzor, Shayx Shivli mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 94 676-79-73
24. Tojiyev Dostonjon Beknazar o‘g‘li, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 24- Bo‘z suv saylov okrugidan saylangan. U 1996 yili Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti Oliy. 2019 yili O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi tarixchi. O‘zLiDeP a’zosi. O‘zbekiston FV Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti. Unga Bo‘zsuv, Firdavisiy, Yangi tarnov mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 94 656 50 31
25. Muxsimov Nurillo Pulatovich, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashiga 25-Bog‘ibo‘ston saylov okrugidan saylangan. U1984 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti Oliy. 2004 y. Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Qishloq xo‘jaligi, fanlari bo‘yicha falsafa doktori. O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi. U O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti doktoranti. Deputat N.Muxsimovga Otchopar-1, Otchopar-2 mahallalari biriktirilgan. Telefon raqami: 94 356 95 11
O'zbekcha
Русский
English