VOYАGА YETMАGАNLАR O‘RTАSIDА HUQUQBUZАRLIKLАR PROFILАKTIKАSI

09.01.2025 / 171

 Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumta‘lim maktabida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyilligi bor o‘quvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatish” mavzusida seminar-treninglar boshlandi.

 Tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik Respublika tashxis markazi hamkorligida uyushtirilayotgan tadbirda tumandagi barcha umumtaʼlim maktablari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar ishtirok etishmoqda.

Tadbir doirasida taniqli professor-o‘qituvchilar, tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari va amaliy mashgʼulotlar o‘tkazilayotgani eʼtiborlidir.

Powered by GSpeech