VOYAGA YAGAN YOSHLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
Yunusobod tumani hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda komissiya a’zolari, tuman hokimining yoshlar va xotin- qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashi deputatlari, tuman prokuraturasi xodimi, tuman Xalq ta’limi, umumta’lim maktablari mas’ul xodimlari hamda IIB vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tumandagi har bir o‘quvchi kesimida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilishlarga murosasiz munosabatda bo‘lish hissini shakllantirish, muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash vazifalarini ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etishga undaydigan sabablarni bartaraf etish masalalar atroflicha muhokama qilinib, oldinda turgan vazifalar belgilab olindi.
O'zbekcha
Русский
English