Voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning Toshkent shahar bosqichi yakunlandi

18.06.2025 / 95

 “Besh tashabbus olimpidasi” doirasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning Toshkent shahar bosqichi yakunlandi

Yoshlarni sportga jalb qilish, ularning sog‘lom turmush tarziga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpidasi” doirasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Musobaqada shaharning turli tumanlaridan jamoalar ishtirok etdi. Jonli va kuchli raqobat ruhida kechgan bellashuvlar yakunida Yunusobod tumani jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan.

Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirok etgan jamoalar tantanali ravishda kubok, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Eslatib o‘tamiz, bugun musobaqaning Respublika bosqichi ham o‘tkazildi. Unda Yunusobod tumani sharafini munosib himoya qilgan jamoa barchaga namuna bo‘ldi. Batafsil keyinroq ma’lumot beramiz.

Powered by GSpeech