Vatanimiz qahramonlari doimo e'tiborda
Yunusobod tumani hokimligi tomonidan 9 may – Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushi da qozonilgan G'alabaning 80 yilligiga munosabati bilan “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo'lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida tadbirlar o'tkazilmoqda.
Shunday ezgu tashabbuslardan biri sifatida “Buyuk Turon” MFYda istiqomat qilayotgan, 2-jahon urushi qatnashchisi, 102 yoshga kirgan Murina Vera Vasilyevnaning xonadoniga hurmat bilan tashrif buyurildi.
Tashrifda “Nuroniy” jamoat fondi tuman bo'limi, tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi xodimlari, “VETERAN” jangchi nogironlar uyushmasi va “Qalqon” orkestri vakillari ishtirok etdi. U yaqinda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin tomonidan "80 let pobedy v Velikoy Otechestvennoy Voyne 1941-1944 gg" medali bilan taqdirlangan.
Vera Vasilyevnaga bayram tabriklari bilan birga chuqur ehtiram va samimiy tilaklar bildirildi. U urush yillari haqida so'zlab berdi. —Men hamon urush voqealarini eslayman, ularni yuragimda his qilaman. Urushning har bir kuni og'ir, ammo biz bir-birimizni qo'llab-quvvatlab, birgalikda yana-da kuchliroq bo'ldik. Qo'shnilarimiz, vatandoshlarimiz bilan birga turli shaharlarda, qishloqlarda, frontda xizmat qildik. Har bir kuni jangovar vaziyatlar… Biz vatandoshlarimizni himoya qilish uchun kurashdik, ammo bir vaqtda vatandoshlarimiz, oilalarimiz uchun tinchlikka umid qildik. Men hamon jangovar janglarimizni, erkinlik va tinchlik uchun bo'lgan qurbonliklarimizni eslayman. Shu paytda hammamiz birlashgan va Vatanimizni himoya qilish uchun qo'limizni tashladik.
O'zbekcha
Русский
English