UNIVERSITETLAR "YASHIL MAKON" TADBIRIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

10.11.2024 / 219

  Yunusobod tumanidagi barcha Oliy ta’lim muassalar tomonidan "Yashil makon" dasturi asosida daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari qizg‘in kechmoqda.

  Bugun erta tongdan Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ham "Yashil makon" dasturi asosida Yashil shahar loyihasiga start berildi. Loyihada institut professor-o‘qituvchilari, texnik xodimlari va 100 dan ortiq talabalar ishtirok etdi. Oliy ta’lim muassasining asosiy kirish darvozasi oldidagi yashil maydonda jami 200 tup daraxt ekildi.

  Loyiha natijasida talabalar atrof-muhit muhofazasi Yurtimizda davlat siyosati darajasidagi masala ekanligiga amin bo‘ldilar va har birimiz ko‘kalamzorlashtirish va tabiatni asrash uchun o‘z hissamizni qo‘shishimizni mumkinligiga amaliyotda guvoh bo‘ldilar.

Powered by GSpeech