UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Prezident Adminstratsiyasi mas’ul xodimi O.Djo‘rayev, Yunusobod tumani prokurori Ya.Abdurahmonovlar 87-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar mobaynida ta’lim muassasining mavsumga tayyorgarligi, qozonxonalarning shayligi, sinfxonalardagi isitish tizimining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab binosida yong‘inga qarshi kurashish va xavfsizlik choralarini ko‘rish, yong‘in xavfsizligining ahvoli ham o‘rganildi. O.Djo‘rayev umumta’lim maktabi rahbari bilan muloqot o‘tkazib, kuz-qish mavsumida barqaror faoliyatni ta’minlash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilishi kerakligi, muassasalarning mavsumga to‘liq tayyorligi o‘quvchilarning fanlarni yaxshi o‘zlashtirishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Muloqotda o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasida mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English