UMUMTA’LIM MAKTABLARDA SANITAR HOLAT O‘RGANILMOQDА

03.12.2024 / 215

  Yunusobod tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Z.Z.Kodirov tomonidan 1-sektor hududidagi Hasanboy MFYda joylashgan 327-umumta’lim maktabida kuz-kish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda o‘quvchilarni sifatli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

  O‘rganishlar mobaynida ta’lim muassasining mavsumga tayyorgarligi, qozonxonalarning shayligi, sinfxonalardagi isitish tizimining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab binosida yong‘inga qarshi kurashish va xavfsizlik choralarini ko‘rish, yong‘in xavfsizligining ahvoli ham o‘rganildi.

  Z.Z.Kodirov, maktab oshxonasida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va narxiga ham e’tibor qaratish, sanitar qoidalarga qat’iy amal qilish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalarini berdi.

  O‘rganish mobaynida o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishga barcha sharoitlarni yaratish, bo‘yicha mutasaddilarga tegishli vazifalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Powered by GSpeech